Toshkent shahrida Finlyandiya delegatsiyasi, yirik tadbirkorlar hamda muxtor davlat elchilari ishtirokida xalqaro konferensiya va gala-kechki marosim bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Mirshod Shakirov ham ishtirok etdi.
Forumning asosiy maqsadi Finlyandiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy, innovatsion va madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish, ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasida samarali “Networking” muhitini shakllantirish hamda yangi qo‘shma tashabbuslarni ilgari surishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida tomonlar innovatsion yechimlar, sanoat va texnologik hamkorlik, shuningdek o‘zaro investitsiya imkoniyatlarini kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.
“Bunday xalqaro forumlar O‘zbekiston va Finlyandiya o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlash, yangi g‘oyalar va qo‘shma loyihalarga zamin yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi,” — dedi Mirshod Shakirov.
Uchrashuv yakunida ikki davlat vakillari o‘zaro hamkorlikni amaliy bosqichga olib chiqish va kelajakdagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.









