2025-yil 31-may kuni Toshkent shahrida joylashgan Hyatt Regency mehmonxonasida Business Diplomat dasturining Level 4 bosqichi doirasida navbatdagi dars bo‘lib o‘tdi.
Ushbu bosqich — Business Diplomat dasturining eng yuqori va xalqaro yo‘nalishga yo‘naltirilgan qismi bo‘lib, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Malayziyadagi xalqaro tajriba safarlariga tayyorgarlikni nazarda tutadi. Level 4 bosqichi orqali ishtirokchilar nafaqat o‘z biznes doiralarini kengaytirish, balki xalqaro savdo, huquqiy muhit va investitsion imkoniyatlarni chuqur o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Darsni olib borgan — xalqaro huquqshunos va investor Janob Mirshod Shakirov, o‘z chiqishida global biznes muhitida muvaffaqiyatli harakat qilish, madaniyatlararo muloqot va xalqaro standartlar asosida ishlashning ahamiyati haqida to‘xtaldi.
Tadbirda 20 dan ortiq saralangan tadbirkorlar ishtirok etdi. Ular orasida mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan ilg‘or tadbirkorlar bo‘lib, ularning har biri global darajadagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish istagida dasturga qo‘shilgan.
Dars davomida ishtirokchilarga “Global Citizen” — global fikrlovchi va mas’uliyatli fuqarolik g‘oyasi taqdim etildi. Bu g‘oya Level 4 bosqichining konseptual asosini tashkil etadi va xalqaro bosqichga chiqish oldidan zarur tayyorgarlikni ifodalaydi.
Business Diplomat Level 4 — bu nafaqat bilim, balki o‘zaro aloqalarni rivojlantirish, yangi imkoniyatlar sari yo‘l ochish va o‘z biznesini xalqaro maydonga olib chiqish uchun mustahkam platformadir.




